

Tekshiruv xulosalariga ko'ra, yarim himoyachi kamida uch hafta maydonga tusha olmaydi. 24 yoshli o'yinchi "Borussiya Dortmund"ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi finali hamda yozda bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.
Tchuameni joriy mavsum "Real" safida 38 o'yinda maydong tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



