Tarixiy o'yinlar: "Paxtakor" - "BEK Tero Sasana" 1:0

Narzulla Saydullayev
31 may 2021
2003 yil "Paxtakor" Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsida Tailandning "BEK Tero Sasana" jamoasini qabul qilgan.

Bangkokdagi bellashuvda 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan "Paxtakor" Toshkentda butun o'yin mobaynida katta tashabbusga ega bo'lgan. Afsuski, kichik hisobdagi yutuq final yo'llanmasi uchun etarli bo'lmagan. Server Jeparov uchrashuv oxirlarida hisobni ochgan. Ikkinchi to'pni kiritish uchun vaqt etmagan. Anvar Solievning goli esa hakamlar tomonidan inobatga olinmagan.

Tarixiy yarim finalni ushbu havolada tomosha qiling:




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz