Tarixiy golni Nesterov "quchoqladi"

Xabaringiz bor, "Qizilqum" Superliganing 21-turida "Turon"ni qabul qilgan edi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Bu g'alaba Navoiy klubi uchun O'zbekiston chempionati tarixidagi 222-si bo'ldi. Ma'lumot uchun, "Qizilqum" mamlakat birinchiligining yuqori divizionidagi 22-mavsumini o'tkazmoqda. Jamoa 222 bahsni o'z foydasiga hal qilish uchun 629 ta o'yin kerak bo'ldi.

Chempionatimiz tarixiga nazar solgan kishi faqat 11 klub "Qizilqum"dan ko'proq o'yinlarda zafar quchganiga guvoh bo'ladi:

1. "Paxtakor" - 601

2. "Neftchi" - 473

3. "Navbahor" - 401

4. "Nasaf" - 396

5. "Nurafshon" ("Buxoro") - 319

6. "Bunyodkor" - 264

7. "So'g'diyona" - 263

8. "Dinamo" - 241

9. "Andijon" - 238

10. "Lokomotiv" - 236

11. "Metallurg" - 230

Shuningdek, "Turon" bilan bahsda Hamidjon Aktamov shogirdlari chempionat tarixidagi 900-golini o'tkazib yubordi. Tarixiy gol Yaypanliklar yarim himoyachisi Muzaffar Muzafarovning nomiga yozildi.

Nesterov darvozasiga kiritilgan to'p Muzaffarning Superligadagi 6-mavsumida urgan 20-goli ekanini ham alohida takidlash kerak. 

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" darvozasiga tarixiy 800-golni 2019 yilgi mavsumning 4-turida "Metallurg" futbolchisi Stanislav Andreev urgan edi. O'shanda navoiyliklar darvozasini rossiyalik Evgeniy Cheremisin qo'riqlagan.

Superliganing eng qimmat futbolchisini bilasizmi? Legionerni-chi?


Manba: championat.asia