"Surxon"ga bitta "zarb" etadi

27 sen 2021, 11:50
"Zarb" deganda jamoaning kaltaklangan futbolchilari emas, o'tkazgan gollari nazarda tutildi.

Termiz klubi kecha AGMK mehmoni bo'lib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol Dilshod Ahmadalievning nomiga yozildi.

Mazkur bahs jamoalar o'rtasidagi oltinchisi bo'ldi. Ustunlik to'liq AGMK tomonda. Olmaliqliklar "Surxon"ga faqat 1 marta imkoniyatni boy berib, 5 bor zafar quchishgan. Bu klublar hech qachon murosa ko'chasini tanlashmagan.

E'tiborli jihati, Termiz va Olmaliq jamoalari o'rtasidagi o'yinlarda hech qachon ikkala tomon ham gol urmagan.

05.05.2019 AGMK 2:0 "Surxon"

20.09.2019 "Surxon" 1:0 AGMK

20.06.2020 AGMK 1:0 "Surxon"

01.10.2020 "Surxon" 0:1 AGMK

06.05.2021 "Surxon" 0:1 AGMK

26.09.2021 AGMK 1:0 "Surxon"

Guvohi bo'lganingizdek, "Surxon"ning Mirjalol Qosimov shogirdlari ustida qozongan yagona g'alabasi 2019 yilning sentyabr oyiga to'g'ri keladi. O'sha o'yin taqdirini ayni paytda "Paxtakor" sharafini himoya qilayotgan Abror Ismoilovning goli hal qilgandi.

"Surxon" – AGMK 1:0

Gol: A.Ismoilov 70

"Surxon" - 1.Asilbek Amonov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 4.Duglas Nasimento (9.Shohnazar Norbekov, 58), 5.Azamat Isroilov, 6.Rahmatillo Berdimurodov, 10.Shavkat Salomov (99.Lukas Kunya, 90+3), 13.Abdulaziz Yusupov, 14.Abrorbek Ismoilov, 17.Eldor Boymatov, 44.Darko Stanoevich, 77.Asror G'ofurov.

Zaxira: 12.Azamat Ahmedov, 22.Sardor Qobuljonov, 7.Ravshanbek Xursanov, 15.Azamat Allaniyazov, 66.Behruz Shaydulov, 70.Suhrob Ne'matov, 81.Sanjarbek Ahmedov.

AGMK (4-2-3-1) - 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov (sardor), 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 8.Sanat Shixov - 3.Erkin Baydullaev, 5.Dilshod Jo'raev - 97.Jasur Yaxshiboev (31.Saydullo Rahmatov, 58), 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 65), 7.Elguja Grigalashvili - 99.Shahzod Nurmatov.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 15.Jasur Hakimov, 17.Murod Toshmatov, 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 21.G'ulomHaydar Gulyamov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 77.Vladislav Kasminin.

Ogohlantirishlar: A.Amonov 89 - D.Jo'raev 37

So'nggi 2 mavsumda o'tkazilgan 4 o'yinda "Surxon" Olmaliq klubiga 12 ochko ulashdi. Qizig'i shundaki, bu bahslarning barchasida Termiz klubini AGMKning 1 ta goli "nokaut"ga uchratib kelmoqda.

"Navbahor" - "Qizilqum": 8 yillik anana buzildi!


Manba: championat.asia