"Surxon" sobiq ustozi "Neftchi"da ish boshladi

Sherzod Nurmatov
1 may 2024
Bugun "Neftchi"ning murabbiylar shtabiga tajribali va yosh mutaxassis Sergey Sergeevich Arslanov qo'shildi.

"Ma'lumot o'rnida, Sergey Arslanov 1986 yilda Tojikistonning Leninobod viloyatida tavallud topgan. Keyinchalik yurtimizga ko'chib o'tib, shu yerda tahsil olgan va 2005 yildan mehnat faoliyatini boshlagan", – deyiladi xabarda.



Faoliyati davomida mamlakatimizning "Buxoro"," Mashal", "Sho'rtan" va  Qirg'iz Respublikasining "Dordoy" kabi taniqli klublarida, shuningdek, O'zbekiston U-16 hamda "Uzdongju" jamoalarida ishlagan tajribali mutaxassis, o'tgan futbol mavsumini Termizning "Surxon" klubida bosh murabbiy sifatida olib borgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати