"Surxon" o'rtoqlik bellashuvida Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2022
Bugun Termiz klubi Qibrayda Qozog'istoning "Qiron" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Mazkur jamoa Qozog'iston Birinchi ligasi vakili sanaladi. Klub o'tgan mavsumda 3-o'rinni egallagan. 

"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Peres Lopes asosan kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi. Uchrashuvda bir qancha xavfli vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramasdan, unda hisob ochilmadi – 0:0.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати