

Unda mezbonlar "Surxon" jamoasi "Andijon"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 18:30 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, hozirda jamoalar turnir jadvalida yonma-yon kyetishmoqda. "Andijon"ning ochkolar soni 28 ta va ular turnir jadvalining 11-pog'onasidan joy olishgan. "Surxon" esa 25 ta ochko bilan, turnir jadvalining 12-o'rnida ketmoqda.
“Surxon” - “Andijon”
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Ravshan Abduvohidov
AVAR hakami: Zilola Rustamova
Komissar: Vladimir Nazarov



