

Futbolchi bu haqida matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Birinchidan, klub taklif qilganidek ikki yil jamoada qolmoqchi edim. Bunga jismonan ham kuchim yetishiga ko'zim etayotgandi. Biroq hozir vaziyat o'zgardi, O'zim, klubni aldamasligim zarur. Keyingi yil "Gremio"ga ular mendan kutayotgan narsani bera olmasligim mumkin. Braziliya futbolidagi ritm va yuklamalar bakilar o'ylaganidek o'ta engil emas. Agarda jamoa Libertadores kubogiga chiqa olganida, yana ko'plab o'yinlar bo'lardi. Klubdagilar meni to'g'ri tushunishdi, buning uchun ularga alohida rahmat aytaman.
Meni ancha eski jarohatim bor va buni barcha biladi. Men buni yashirmayman va klub barchasidan xabardor edi. Braziliya futbolida esa barchasi ancha tez va tiklanishga vaqt juda kam. Men o'n besh kun maydonga tushmadim va bu menga ancha yordam berdi".
Avvalroq urugvaylik forvardning tovon puli 70 mln evro ekanligi aytilgandi.



