Stiven Jerrard sobiq jamoasini boshqarishni istamadi

Mirjalol Normatov
12 okt 2025
Stiven Jerrard "Reynjers"ga qaytishni istamadi.

Shotlandiya klubi o'zining sobiq bosh murabbiyi bilan ushbu haftada muzokaralar o'tkazgan. Biroq murabbiy ishga qaytishni istamayotganini bildirgan.

Jerrardning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" jamoasi bo'lgan va u yanvar oyida ushbu jamoadan iste'foga chiqarilgandi.

"Reynjers" esa o'ziga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Shotlandiya chempionatida 7 turdan keyin 8-o'rinni egallab turgan klub Rassel Martinni ishdan ketkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports