Sterlingning qaysi o'yinda debyut qilishi ma'lum

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2022, 17:38
"Chelsi"ning yangi a'zosi Raxim Sterling 21 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 04:30 da bo'lib o'tadigan "Sharlott"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jamoa safida debyut qiladi.

Bu haqda o'z matbuot anjumanida "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Sterling 17-raqam sohibiga aylandi, biroq rasmiy o'yinlar boshlanishi bilan futbolchi boshqa raqam tanlashi mumkin.

Sterling uchun "Chelsi" 50 million evro sarfladi. Tomas Tuxel avvalroq ushbu transfer oynasida angliyalik futbolchining transferi jamoa uchun ustuvor vazifa ekanini aytgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: chelseafc.com