Starrij APLga qaytishi mumkin

"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Deniel Starrij faoliyatani Angliyada davom ettirishi taxmin qilimoqda.

Bu haqida "The Daily Mail" nashri ma'lum qildi. Ayni paytda Turkiyaning "Trabzonspor" klubi sharafini himoya qilayotgan 30 yoshli hujumchi yanvarda "Aston Villa" tarkibiga qo'shilishi mumkin.

Birmingem klubi APLda o'z o'rnini saqlab qolishni maqsad qilgan. Starrij jamoa hujum chizig'ini kuchaytirishi kutilyapti.

Mlumot uchun, angliyalik hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 13 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Manba: The Daily Mail