

O'tgan oyda gollandiyalik mutaxassis shogirdlari Chempionshipda 6 ta o'yin o'tkazib, ularning 4 tasida g'alabaga erishdi va 2 marotaba mag'lubiyatga uchrashdi. Ayni damda "Reding" turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
"Bu sovrinni qo'lga kiritish g'urur, ammo hech bir murabbiy buni bir o'zi bajara olmaydi. Atrofingizdagilarning yordam kerak bo'ladi. Faqat shundagina natijaga erishish mumkin" - deydi Stam.



