Spotify asoschisi "Arsenal" uchun qancha to'lamoqchi?

Sherzod Nurmatov
29 apr 2021, 02:15
Xabaringiz bor, Spotify asoschisi Daniel Ek "Arsenal"ni xarid qilish niyatida.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Ek klubning hozirgi egasi Sten Kronkega taxminan ikki milliard evro bermoqchi. Shu bilan birga, Ek savdolashishga tayyor.

Qayd etilishicha, "kanonirlar"ning sobiq futbolchilari Terri Anri, Patrik Vieyra va Dennis Bergkamp klub xarid qilinishida Ekni qo'llab-quvvatlamoqda.

"Arsenal" 33 turdan so'ng APLda 10-o'rinada boryapti. Bundan tashqari, "to'pchilar" bugun Yevropa Ligasi yarim finalida "Vilyarreal" bilan to'qnash keladilar.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports