"Spartak"ning o'yinini boshqargan hakam Instagram'dagi sahifasini o'chirib tashladi

10 avg 2020, 01:43
Rossiyalik arbitr Vasiliy Kazarcev "Spartak" va "Sochi" (2:2) jamoalari o'rtasidagi shov-shuvli o'yindan keyin o'zining Instagram'dagi shaxsiy sahifasini o'chirib tashladi.

Eslatib o'tamiz, mazkur hakam o'tgan mavsumning 19-turidagi SSKA - "Krasnodar" (1:1) o'yinidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlardan g'oyib bo'lib qolgan edi.

Bugungi uchrashuvda Kazarcev "Spartak" darvozasi tomon 2 marta bahsli penalti belgiladi. Ulardan biri – o'yinning 89-daqiqasiga to'g'ri keldi va mezbonlarni g'alabadan mahrum qildi.

RFI "Spartak"ning chempionatdan chiqib kyetishi to'g'risidagi gaplarga izoh bermadi 


Manba: sports.ru