Spartak Portugaliya chempionatidan hujumchi sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2020, 18:25
Famalikan klubi hujumchisi Toni Martines Rossiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

23 yoshli futbolchiga Spartak, Valensiya va Portu klublari qiziqmoqda. Hujumchi Portudan taklif bo'lishini oxirigacha kutmoqchi.

Uning transfer narxi 4 million evroga baholanmoqda. Ispaniyalik Toni Martines o'tgan yil yozda Famalikan safiga erkin agent sifatida ko'chib o'tgandi.

O'tgan mavsum futbolchi 32ta o'yinda maydonga tushdi va 10ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: zerozero.pt