So'nggi raqs: Ronaldu va Messi yana raqib bo'ladi

Mirjalol Normatov
21 noya 2023
"Inter Mayami" hamda "Al Nassr" jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ayni damda Leo Messi harakat qilayotgan "Inter Mayami" 2024 yilning fevralida Osiyoga safar uyushtiradi va ushbu turne doirasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida "Al Nassr"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. "Al Nassr" tarkibida Krishtianu Ronaldu faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, MLS'ning hal qiluvchi o'yinlariga yo'llanma ololmagan "Inter Mayami" so'nggi o'yinini 22 oktyabr kuni o'tkazgan va unda "Sharlott"ga mag'lub bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia