

Uchrashuvda dubl qayd etgan Son Xyon Min musobaqadagi umumiy gollari sonini 21 taga etkazdi. U gollarining 19 tasini final bosqichida urgan bo'lsa, 2 tasi saralash raundiga to'g'ri keladi. Bu borada YCHLdagi eng yaxshi osiyolik to'purar esa Maksim Shackix hisoblanadi. Uning hisobida 23 ta gol bor.
Eslatib o'tamiz, koreyalik vinger “shporlar”dan tashqari, musobaqada “Bayer” bilan ham qatnashgan. Hozircha Son final raundida eng ko'p to'p (19 ta) kiritgan osiyolik bo'lib turibdi. Keyingi o'rinda esa Shackix bor – 11 ta gol.
Son Xyon Minning YCHLdagi statistikasi:
Final raundi – 51 ta o'yin, 19 ta gol va 5 pas;
Saralash raundi – 3 o'yin, 2 ta gol.
Maksim Shackixning YCHLdagi statistikasi:
Final raundi – 45 ta o'yin, 11 ta gol va 2 pas;
Saralash raundi – 24 ta o'yin, 12 ta gol va 1 pas.
