Solari ishsiz qolishini kutmagan ekan

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 16:27
"Real" sobiq bosh murabbiyi Santyago Solari iste'fosidan hayron bo'lgan ekan.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik mutaxassis mavsum yakunlanishidan oldin ishsiz qolishini kutmagan edi. Ayni damda Solari Ibicadagi uyida dam olmoqda. Oldinroq, "Real" argentinalikni klub tizimida saqlab qolmoqchi ekanligi e'lon qilingandi.

42 yoshli Solari 2018 yilning 30 oktyabrida "Real" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi. "Qirollik klubi" Solari qo'l ostida Chempionlar ligasi va Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi, LaLigada esa turnir jadvali yetakchisi "Barselona"dan 12 ochkoga qolib ketdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial