"So'g'diyona" yangi futbolchilarini tanishtirdi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2021, 20:30
Xabaringiz bor, "So'g'diyona" barcha jamolar kabi qishki transfyerdan unumli foydalanish maqsadida o'z tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirib oldi.

Bugun ushbu futbolchilar ommaga tanishtirildi.  

Ergash Ismoilov - AGMK jamoasidan jalb qilingan futbolchi jamoa sharafini 28-raqamli sport formasida qo'riqlaydi.

Arslanmirat Amanov - Turkmanistonlik legioner AGMK jamoasidan jalb qilindi. Unga 7-raqamli libos topshirildi.

Islom Boysariev - Jamoaga "Sho'rtan" jamoasidan jalb qilindi. Islomga 22-raqam sport formasi topshirildi.

Luka Chermel - Serbiyadan jalb qilingan legioner futbolchi. Lukaga 31-raqamli sport formasi topshirildi.

Asil Begimqulov - "Xorazm" futbol klubidan jalb etilgan futbolchi 63-raqamda to'p tepadi.

"So'g'diyona" futbol klubi matbuot xizmati


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia