

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning eronlik legioneri Siyavush Haqnazariy fikrlarini bildirdi.

"Kim uchun qanday bilmadim, lekin AGMK yaxshi o'yin o'tkazdi. Bu g'alaba bizga g'alaba ruhini qaytarishi uchun ham kerak edi. Menimcha maqsadimizga erishdik. Navbatdagi o'yin oldidan yanada yaxshi kayfiyatdamiz. "Metallurg" bilan uzoq tanaffusdan keyingi ilk rasmiy o'yinimiz edi. Birinchi bahs doim qiyin o'tgan. Jamoamiz xatolardan kerakli xulosalarni chiqargan holda mag'lubiyatni esdan chiqargandi. Futbolda eng asosiysi to'xtab qolmaslik. Yanada oldinga qarab yurishda davom etishimiz kerak. Ikkinchi davrada oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishishga harakat qilamiz",- deydi Haqnazariy.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



