Sirdaryo viloyatida taniqli futbolchilar ishtirokida master- klass o'tkazildi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2020
Sirdaryo viloyati sportning uyin turlari va engil atletikaga ixtisoslashgan IBO'SM mamuriyati va mahalliy iqtidorli murabbiy Abbos Ergashov tashabbusi bilan tadbir o'tkazildi.

Unda  taniqli futbolchilar O'zbekiston milliy terma jamoasi va Namanganning "Navbahor"jamoasi a'zolari Davron Hoshimov, Xurshid Muhtorov, "Metallurg" futbolchisi Muxammad Isaev, OFK kubogi sohibi Ilhom Yunusov, O'zbekiston iftixori  Abbos Maxsitaliev, taniqli futbolchi Robbim Hasanovlar ishtirokida master klass tadbiri o'tkazildi. Tadbirni Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshkarmasi boshligi O'roqov  Iftixor Boymirzayevich ochib berdi. Tadbirda futbolchilar, yosh futbolchilar bilan savol-javob, mahorat saboqlari va futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Shuningdek O'zbekiston chempionati va kuboklarida sovrindor bo'lgan bir qator yosh futbolchilar taqdirlanishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia