Shvetsiya termasini ingliz murabbiyi boshqaradi

Mirjalol Normatov
18 okt 2025
Shvetsiya termasining yangi bosh murabbiyi deyarli aniq.

"The Telegraph" ma'lumotiga ko'ra, Shvetsiya futbol uyushmasi Grem Potter bilan muzokaralarni yakunlagan. Uning ilk shartnomasi JCH-2026 saralashida qolgan ikki o'yin va ehtimoliy pley-off bahslariga mo'ljallanadi.

Potter 6 o'yindagi 5 mag'lubiyatdan keyin sentyabr oyida "Vest Xem" bosh murabbiyligidan haydalgandi. Shvetsiya termasi JCH saralashida B guruhida so'nggi o'rinda bormoqda. 4 o'yinda 1 ochko jamg'argan termani Shveytsariya hamda Sloveniyaga qarshi bahslar kutib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph