Shvetsiya termasi bosh murabbiyi: "Zlatan Evro-2020da ham qatnashadi"

Mirjalol Normatov
16 mar 2021
Shvetsiya termasi bosh murabbiyi Yanne Andersson 39 yoshli hujumchi Zlatan Ibragimovichning milliy jamoaga qaytarilgani haqida gapirdi.

"Zlatan bilan noyabr oyida uchrashib, gaplashib olganmiz. Ayni damda u jarohatidan forig' bo'lish jarayonida. U navbatdagi o'yinlarda termaga yordam berishi kerak. Zlatanni Evro-2020da qatnashishini ko'zlab turibmiz", - dedi Andersson.

Ibragimovich 2001-2016 yillar davomida terma tarkibida 116 o'yinda 62 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal