Shuhrat Qurbonov: "Raqib darvozasiga gol ura olmayapmiz"

Administrator
12 apr 2024, 23:10
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta, o'yinda mahorat va tajriba o'z so'zini aytdi. Farg'onalik muxlislarni va "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Superligaganing top klublaridan biriga qarshi o'ynadik. Yigitlar kuchli raqibga nisbatan yomon o'ynashmadi.

- "Do'stlik"ning natijalari Pro-ligada ham yaxshi emas. Jamoaga nima yetishmayapti?

- Pro-ligada ham bugungi kabi yomon o'ynamayapmiz. Raqiblar bizdan yaqqol ustunlik bilan g'alabaga erishishmayapti. Biz hozir gol ura olmayapmiz. Buning ustida ham ishlayapmiz.

- "Do'stlik"ning maqsadlari qanday?

- Bu yil Pro-liga jadvalining o'rta qismida mavsumni tugatish vazifamiz bor. Shuningdek, jamoada yosh futbolchilarni tarbiyalab, ularga ko'proq o'yin amaliyoti berish orqali kelgusida o'zbek futboliga etuk futbolchilarni etkazib berishni maqsad qilganmiz.

- Birinchi golda darvozabonni ayblaysizmi?

- Yo'q, u to'pni qaytarish uchun qo'lidan kelganicha harakat qildi. Qodirqulov zarbani mukammal ijro etdi, qaytarish qiyin edi.

- "Istiqlol" stadioni holati haqida fikringiz?

- Barchasi ajoyib edi. Haqiqiy futbol muhiti. Bizga yoqdi, bugun futbol o'ynab maza qildik.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia