Shota Arveladze: "Bizga yana uch ochko kerak"

Narzulla Saydullayev
1 noya 2020, 19:27
Superliga 22-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:6) uchrshuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Mavsum oxirida yigitlar shunday ajoyib o'yin ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman. Tezkor harakatlar, kombinaciyalar, chiroyli gollar uchrashuvni ko'rganlarga zavq bag'ishladi deb o'ylayman.

Olmaliqda chempionatning eng kuchli jamoasiga qarshi o'yinda bunday darajada to'p tepish, vaziyatlar yaratish oson emas. Shu bois yana bir futbolchilarimni g'alaba bilan tabriklayman. Juda ham kerakli g'alabani qo'lga kiritdik.

Igor Sergeevni ham 100-golini urgani bilan tabriklayman. Muxlislardan stadionlarga tashrif buyurishni va bizga muxlislik qilishlarini so'rab qolaman. Joriy yilda chempionlikni tantana qilishimiz uchun bizga yana uch ochko kerak",- deydi Shota Arveladze.

- "Rubin" jamoasidagi gruziyalik Xvicha Kvaratsxeliyaning o'yini haqida nima deya olasiz? 

- "Rubin" jamoasida bir nechta iqtidorli, terma jamoa darajasidagi futbolchilar bor. Shuningdek yuqori darajaga chiqishi kutilayotgan yoshlar ham etarli.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia