Shohruh Gadoev Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma tuzdi FOTO

Narzulla Saydullayev
16 mar 2018, 13:24
"Bunyodkor" jamoasining tajribali yarim himoyachisi Shohruh Gadoev "Key-Liga 2" a'zosi bo'lmish "Tedjon Sitizen" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Kelishuv "2+1" shaklida uch yilga muljallangan.

26 yoshli chap qanot vingeri tedjonliklar tarkibida 30-raqam ostida o'ynaydigan bo'ldi.

Ko'pchilikning yodida bulsa kerak, "Tedjon Sitizen" jamoasining uy arenasi - Daejeon World Cup Stadium JCH-2002ning bir nechta uchrashuvlarini qabul qilgan edi. Guruh bosqichidagi JAR - Ispaniya 2:3, Polsha - AQSH 3:1 hamda jahon chempionatlari tarixidan alohida o'rin olgan 1/8 finaldagi Janubiy Koreya - Italiya 2:1 bellashuvlari shular jumlasidandir.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia