Shahobiddin Teshaboev 60 yoshda

Narzulla Saydullayev
27 mar 2019
60 yosh – bu har bir inson orzu qiladigan, ortda qolgan hayotiga nazar soladigan, nurli kelajak davrini yanada fayzli qiladigan yoshdir.

Farg'ona viloyati futbol Assotsiatsiyasi hamda viloyat futbol jamoatchiligi viloyat futbol Assotsiatsiyasi mutaxassisi Shahobiddin Teshaboevni tavallud kunining 60 yilligi munosabati bilan tabriklaydi.

Shahobiddin aka Teshaboev o'zining 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida oddiy ishchi vazifasidan to viloyat bolalar futboliga mas'ul mutaxassis lavozimlarida ishladi. Hozirgi kunda ham u o'zining boy tajribasi va malakasini yosh mutaxassislarga o'rgatib kelmoqda.

Ayniqsa, viloyat futbol Assotsiatsiyasida hamda futbol maktab internatidagi 12 yillik faoliyati davomida u ushbu sohaning rivojida bevosita faol ishtirok etdi. Birgina uning say-harakatlari sababli viloyatdagi muntazam ravishda futbol bilan shug'ullanuvchi bolalar soni o'tgan o'n yillikda sezilarli ravishda oshgani fikrimizning yaqqol isbotidir.

Bu va boshqa samarali mehnatlari bugun butun bir Farg'ona viloyati sport jamoatchiligining etirofida, ezozidadir.

Yana bir bor viloyatimiz sportchilari va shogirdlari hamda kasbdoshlari nomidan Shahobiddin akani muborak 60 yoshi bilan tabriklaymiz.

Farg'ona viloyati futbol Assotsiatsiyasi jamoasi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia