Shahboz Jo'rabekov: "Poezd kyetib bo'ldi, vaqt ortga qaytmaydi"

Абдулвосит Бектемиров
30 okt 2025, 10:20
"Buxoro" futbolchisi Shahboz Jo'rabekov finaldan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu o'yin biz uchun har taraflama muhim edi. Birinchidan, o'z nomimizni tarixga yozdirib qo'yishimiz mumkin edi, keyin esa OCHL 2 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritib, muxlislarini xursand qilish imkoniyatimiz bor edi. To'g'ri, finalda "Paxtakor" favorit edi, ammo bir o'yinda har narsa ro'y berishi mumkin. Bahs teng kurashlar ostida kechdi. Muxlislar ham buni tasdiqlaydi, deb o'ylayman. "Buxoro" o'zidan-o'zi finalga qadar yetib kelmaganini isbotladi. Finalda g'alaba qozonish nasib etmagan ekan. To'xtab qolish yo'q, oldinda yana o'yinlar bor", - dedi Jo'rabekov final haqida.

"Inobatga olinmagan golni tushunmadim, ochig'i. Poezd kyetib bo'ldi, qancha gapirmaylik vaqt ortga qaytmaydi. Vaziyatni tahlil qiladigan hakamlarimiz bor", - deya fikr bildirdi futbolchi "Buxoro"ning bekor qilingan goli haqida.

"Hojiakbar bilan ko'p to'qnash keldik. U hozirgi kunda MTJ yetakchilaridan biri. Maydonda esa haqiqiy jang bo'ldi. Alijonov sovuqqon va juda kuchli futbolchi. U o'z jamoasi, men ham o'z jamoam uchun foyda keltirishga harakat qildik, xolos", - dedi Shahboz Jo'rabekov Hojiakbar Alijonov bilan bo'lgan raqobat haqida.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia