Sevinch qarorgohidagi ta'mirlash ishlaridan fotoreportaj

Narzulla Saydullayev
26 may 2020
Avval xabar qilganimizdek, “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyati tashabbusi bilan “Geolog” MSSMda keng ko'lamdagi ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan edi.

To'g'ri, yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin oqibatida ta'mirlash ishlari bir muddat to'xtab qoldi. Ammo ayni kunlarda bu jarayon qizg'in davom etmoqda.

Ma'lumki, “Geolog” MSSMda juda ko'plab sport inshootlari joylashgan. Bu markazda stadion, sport arenasi, zamonaviy basseyn, gimnastika, atletika, shaxmat-shashka, har xil o'quv markazlari, fitnes xonalari, cho'milish havzasi va boshqalar bor.

“Geolog” madaniy, sport sog'lomlashtirish markazida ta'mirlash ishlari qanday ketayapti. Ushbu markazda joylashgan “Sevinch” futbol klubi qarorgohidachi? Avvalo shuni ta'kidlab o'tishni hohlardikki, klubimiz ixtiyoridagi yotoqxona, yuvinish, kiyinish xonalari, oshxona va o'quv xonalari tez kunlarda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

Biz ushbu ta'mirlash jarayoni haqida fotoreportaj uyushtirdik. Marhamat tomosha qiling.




Bu “Sevinch” klubi oshxonasining tashqi ko'rinishi. Oshxonada hali ta'mirlash ishlari to'liq tugallanmagan bo'lsada, amalga oshirilgan ishlar ancha ko'zga ko'rinib qoldi va oshxona tashqi ko'rinishi mutlaqo yangi ko'rinishga ega bo'ldi.


Bu mashhur “Geolog” sport arenasi, bu yerda ne-ne xalqaro va respublika miqiyosidagi musobaqalar o'tkazilmagan deysiz. Bu yerda hozir so'nggi jihozlash va ta'mirlash ishlari ketayapti.






Bu esa “Geolog” stadioni. Stadion tribunalari, yo'laklar, yugurish yo'laklari to'liq ta'mirlanadi. O'rindiqlar almashtiriladi. Yugurish yo'laklarining qoplamalari yangilinadi. Stadion muhandislik kommunakaciyalari ham zamon talablari darajasida o'zgarmoqda.



Endi “Sevinch” futbol klubi yotoqxonasiga tashrif buyuramiz. Yotoqxona xonalari, sanitariya uzellari, ish kabinetlari xullas barchasi to'liq ta'mirdan chiqarilmoqda. Jihozlarning hammasi to'liq yangilariga almashtirilmoqda. Yotoqxona barcha talablarga javob beradigan darajada o'zgarmoqda. O'ylamizki, bu yangiliklar jamoamiz futbolchilarining kayfiyatiga – kayfiyat qo'shajak.





Stadion, yani markazning tashqi ko'rinishi hamboshqacha bo'ladi. Markaz hududidagi yo'laklar qoplamasi ham yangisiga almashtirildi.

Xullas, bu markazda odam ko'rsa havasi keladigan darajada o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

“Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyatiga, qurilish va ta'mirlash korxonalari rahbariyatiga, eng asosiysi bu yerda mehnat qilayotgan ishchilarga klubimiz nomidan minnatdorchiliklar bildirib qolamiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcsevinch.uz