“Sevilya” hujumchisi Bundesliga klubiga o'tdi

8 yanv 2020, 08:24
Munas Dabbur faoliyatini Germaniyada davom ettiradigan bo'ldi.

“Sevilya”ning isroillik 27 yoshli hujumchisi Munas Dabbur “Xoffenxaym” a'zosiga aylandi. Nemislar futbolchi uchun andalusiyaliklarga 12 mln evro to'ladi. Uning o'zi bilan esa 2024 yil yoziga qadar shartnoma imzolandi.

Dabbur joriy mavsum La Liga doirasida “Sevilya” safida 2 ta o'yin o'tkazdi.


Manba: “Хоффенхайм” расмий сайти