Serji Roberto "Ayaks"ga o'tishi mumkin. U "Barsa"dan erkin agent maqomida ketadi

Alisher
28 iyul 2024
Serji Roberto faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin.

Oldinroq, 32 yoshli futbolchining "Barselona"dan erkin agent maqomida kyetishi ma'lum bo'lgandi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ispan bilan aloqada bo'lib turgan klublardan biri "Ayaks"dir. Roberto yaqin kunlarda barcha variantlarni ko'rib chiqadi.

Serji o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano