

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda barcha xorazmlik muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun o'z maydonimizda yangi mavsumning dastlabki uchrashuvini o'tkazdik va g'alaba qozondik. Yigitlarimiz uch ochko uchun borlarini berishdi. Ishqibozlarni va klubimiz rahbariyatini xursand qila oldik va bundan o'zimiz ham xursandmiz.
- Jamoaning bu yilgi tarkibidan ko'nglingiz to'qmi?
- O'ylaymanki, bu borada muammo yo'q. Chunki men ham asosiy e'tiborni yoshlarga qaratishni maqul ko'raman va bizda yaxshi yoshlar ko'p. Faqat ularga vaqt kerak. Bu erda muammo ko'rmayapman. Bugun e'tibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi taymda yoshlarni tushirdik. Ularga katta futbol darvozasini ochishimiz kerak. Kerak paytda rotaciya bilan ham shug'ullanamiz. Mahalliy yoshlarni o'ynatish Xorazm futboli uchun faqat foyda deb bilaman.
- Legionerlar o'yinini qanday baholaysiz?
- Umuman olganda hammaning o'yinidan qoniqdik. Legionerlar ham shu jumladan. Yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor va mashg'ulotlarda buning ustida ishlaymiz.
- Nimalarni to'g'rilash kerak deb hisoblaysiz?
- Birinchi navbatda hujumni kuchaytirish zarur. Jamoamiz hali yosh va mening ham ish boshlaganimga ko'p bo'lmadi. Himoyadan boshlab hammasini to'g'rilashga harakat qilyapmiz. Hozir ko'p e'tiborni himoyaga qaratyapmiz, vaqti kelib hujumga e'tibor beramiz.



