

- O'yin haqida fikringiz?
- Yangi mavsum boshlandi va bu bilan barcha muxlislarni tabrkilayman. O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuv biz uchun ham, "Nasaf" uchun ham og'ir kechdi. Maydon ham og'ir ekan. Bugun "Nasaf"ning omadi keldi va o'yin oxirida gol urib ketdi. Kim gol ursa yutadigan o'yin bo'ldi.
- "Xorazm" jamoasi futbolkasida titul homiy nomi ko'rinmadi? Ikkinchi savol: jamoangizning bu yilgi maqsadi qanday?
- Maqsadimiz aniq - xorazmlik muxlislarni xursand qilish. Titul homiy borasidagi savol esa menga emas, bunga rahbariyat javob bergani maqul. Mening ishim jamoani o'yinga tayyorlash.

- O'tkazib yuborilgan golda darvozabon aybdormi?
- Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman. Hozir hamma issiq haroratda turibdi. O'yinni qayta tahlil qilib chiqamiz va xatolarni o'rganamiz. Yutqazdikmi, demak butun jamoa yutqazdi: futbolchilar, murabbiylar, xullas hamma. Kimnidir ayblash noo'rin bo'ladi.
- Jamoaga o'zingiz xohlagan legionerlarni taklif qila oldingizmi?
- Imkon qadar selekciya ishlarini yaxshi olib borishga harakat qildik. Mavsum davomida ko'ramiz. Hali qiladigan ishimiz ko'p, xatolarni kamaytirish ustida ish olib boramiz.



