"Selta" yarim himoyachisi "Lion"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 14:03
"Selta" yarim himoyachisi Papa Sheyk Diop faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Bu haqda Fracniya jamoasi matbuot-xizmati ma'lum qildi, biroq kelishuv shartlari e'lon qilinmayapti. 29 avgust kuni futbolchini tanishtirish marosimi bo'lib o'tadi.

Papa Sheyk Diop "Selta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u o'tgan yilning iyul oyida asosiy jamoada debyut qilgan edi. 20 yoshli futbolchining hisobida 27 ta rasmiy o'yin va 1 ta gol bor. Xavbek 10 marotaba Ispaniya U19 safida maydonga tushgan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, kelishuv 10 mln. evro evaziga amalga oshgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com