

Rim klubi yana bir muhim futbolchidan ayrilishi mumkin - hujumchi Chiro Immobile. Jurnalist Turki Algamdining yozishicha, nomi oshkor etilmagan Saudiya Arabistoni klubi 33 yoshli futbolchiga yiliga 15 million evro maosh va 5 million evro bonus taklif qilmoqda.
"Lacio" prezidenti Klaudio Lotito Milinkovich-Savichning kyetishini hisobga olib, Immobileni qo'yib yubormasligi mumkin. “Burgutlar” kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Chiro Immobilening "Lacio" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.



