Saudiya Arabistoni. "Al Nassr"dan ishonchli g'alaba, Ronaldudan dubl!

Mirjalol Normatov
29 noya 2024
"Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turida "Damak"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi.

Unda mezbonlar sardori Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi va shu orqali faoliyatidagi umumiy gollari sonini 915taga etkazib oldi.

"Al Nassr" - "Damak" 2:0

Gollar: Krishtianu Ronaldu (17-pen, 79).

"Al Nassr": Bentu, Muhammad al-Fatil, Sulton al-Gannam, Muhammad Simakan (Ali Lajami, 69), Navaf Buvashl, Marcelo Brozovich, Otavio, Abdulloh al-Haybari, Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane (Abdulrahmon G'arib, 69), Angelo (ANderson Taliska, 62).

"Damak": Amin al-Buxari, Rafik Chafai, Abdulqodir Bedrane, Tariq Abdulloh, Dari al-Anazi (Meshar al-Nemer, 81), Sanusi al-Xavsavi (Nur al-Rashidi, 62), Ayman Falattah, Jorj Nkudu, Muhammadu Diallo, Fransis Kamano (Abdulrahmon al-Obayd, 82), Hazza al-Gamdi (Muhammad al-Haybari, 59).

Ogohlantirish: Sadio Mane (26), Sanusi al-Xavsavi (36), Navaf Buvashl (75), Dari al-Anazi (76), Meshar al-Nemer (90+3).

Chetlatish: Abdulqodir Bedrane (56).



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia