"Sassuolo" Skamakkani "Inter"ga qo'yib yuborishni istamaydi

Mirjalol Normatov
10 okt 2021, 14:55
"Sassuolo" sport direktori Jovanni Karnevali futbolchilar Jakomo Raspadori va Janluka Skamakkaning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, klubdagilar ushbu futbolchilarini "Inter"ga qo'yib yuborishni istamayotgandi.

"Ha, bu rost. "Inter" ushbu futbolchilarga qiziqish bildirmoqda. Biroq biz Jakomo va Janlukani tarkibda olib qolishni istaymiz. Qishda ularni sotib olish uchun "Inter"da hech qanday imkoniyat yo'q", - dedi Karnevali.

Ushbu mavsumda 21 yoshli Raspadori A Seriyada 7 o'yinda 1 gol urdi. 22 yoshli Skamakka esa 7 o'yinda samaradorlik qayd eta olmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal