Sanjar Shomurodov: "Eldor bolaligidan Yevropada o'ynashni niyat qilardi"

Iskandarov Abdulaziz
31 yanv 2026
O'zbek futbolining 2025 yildagi eng yaxshilari aniqlandi.

Ovoz berish natijalarida Eldor Shomurodov raqobatchilarini ortda qoldirdi va yilning "Eng yaxshi futbolchisi" sovriniga ega chiqdi. Mukofotni uning akasi Sanjar Shomurodov qabul qilib oldi.

"Mazkur yutuqqa erishgani bilan Eldorni oilamiz nomidan tabriklayman. Bu ulkan sharaf. Futbolchilar bunday mukofotga erishish uchun qanchadan-qancha mehnat qiladi. Shu bois juda xursandmiz. Eldorning o'yini borligi sababli tadbirga kela olmadi, mukofotni o'zim qabul qilib oldim. Sahnaga chiqish har bir futbolchining orzusi. 2026 yilda bo'ladigan eng katta musobaqa - Jahon chempionatida barcha futbolchilarga omad tilayman, - dedi Sanjar Shomurodov.

- Yoshlikda chang ko'chalarda birga to'p tepgan paytlaringizda mana shunday sovrinni qo'lga kiritishni orzu qilganmidinglar?

- Har bir futbolchining orzusi - kuchli ligaga yo'l olish. Hammasi Xudodan. Eldor ham yoshligidan buni niyat qilardi. "Men Yevropada o'ynayman", derdi u.




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia