Samir Bekrich va Ivan Miloshevich bilan on-layn konferenciya

Narzulla Saydullayev
18 avg 2014, 14:43
“Bunyodkor” futbol klubi matbuot xizmati navbatdagi on-layn konferenciyani tashkil etmoqda.
Bu safar muxlislar masofadan turib “Bunyodkor”ning yangi a'zolari – Samir Bekrich va Ivan Miloshevichga o'zlarini qiziqtirgan savollarini yuborishlari va futbolchilarning o'zidan bevosita javob olishlari mumkin.

On-layn konferenciya 20 avgust, chorshanba kuni soat 15:00da “Bunyodkor” rasmiy saytida boshlanadi. Futbolchilar bilan muloqot roppa-rosa ikki soat davom etadi.

Savollaringizni ushbu HAVOLA orqali yuborishingiz mumkin.

BIZNING MA'LUMOT:
To'liq ismi:
Ivan Miloshevich
Tug'ilgan yili: 03.11.1984
Tug'ilgan joyi: Chachak, Serbiya
Fuqaroligi: Serbiya
Ampluasi: Himoyachi
Bo'yi: 189 sm
Vazni: 86 kg

To'liq ismi: Samir Bekrich
Tug'ilgan yili: 20.10.1985
Tug'ilgan joyi: Srebrenik, Bosniya va Gertsegovina
Fuqaroligi: Bosniya va Gertsegovina
Ampluasi: Yarim himoyachi
Bo'yi: 182 sm
Vazni: 78 kg

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com