Runi: "Sulsher sovrinlarni qo'lga kiritish vaqti kelganini tushunishi kerak"

Mirjalol Normatov
30 avg 2021, 22:47
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, ayni damda "Derbi Kaunti"ni boshqarayotgan Ueyn Runi hujumchi Krishtianu Ronalduning MYUga qaytgani haqida gapirdi.

"Tarkibga olib kelingan futbolchilarni inobatga olgan holda Ole Gunnar-Sulsher sovrinlarni qo'lga kiritish vaqti kelganini tushunishi kerak.

Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lib qoladi. Uning "Manchester Siti"ga o'tmasligiga ishongandim. Uning agenti o'z ishini yaxshi biladi. Har bir daqiqada MYU ushbu transferga halaqit qilishini bilib turgan.

Ronaldu borgan joyida chempionlikni qo'lga kiritgan. U gol urishni ham, penalti tepishni ham biladi.

Uni markaziy hujumda ishlatgan bo'lardim. Uning yoshini inobatga olgan holda qolgan 10 futbolchi uning kuchini asrash uchun o'ynashi kerak.

Ronaldu hali ham eng yaxshisi bo'lish haqida o'ylamoqda. Ishonamanki, u MYUga katta ta’sir o'tkaza oladi", - dedi Runi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal