Runi faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni tanladi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2019
"DS Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni tanladi.

"Ser Aleksdan tashqari? Albatta, Lui Van Gal. Uning taktikalari yaxshi. Shuningdek, uning yigitlarni o'yinga tayyorlash jarayoni ham yaxshi darajada", - dedi Runi.

Runi faoliyati davomida "Everton" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalarda ham o'ynagan.

Van Gal 2014-2016 yillar davomida "Manchester Yunayted"ni boshqargan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror