Rossiya kubogining amaldagi sohibining rasmiy sayti yopildi

Mirjalol Normatov
6 iyun 2018, 20:32
Bugun "Tosno" rasmiy sayti yopildi.

“fctosno.ru” sayti yozilganida sayt yopilgani borasida ma'lumot chiqmoqda. Oldinoq Leningrad jamoasida moliyaviy tomondan muammolar borligi aytilgandi. Hozircha jamoaning keyingi mavsum PFLda qatnashishi so'roq ostida qolmoqda.

Yakunlangan mavsumda "Tosno" RFPLning 15-pog'onasini egalladi, biroq Rossiya kubogini qo'lga kiritdi. Ushbu jamoa safida hamyurtimiz Vagiz Galiulin to'p tepayotgan edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia