Rossiya – Iordaniya uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025
RFI rasmiy saytining xabar berishicha, Rossiya va Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Uchrashuvning bosh hakami OFK hakamlarining elit toifasiga kiruvchi o'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev hisoblanadi. Unga FIFA yon hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Zaxira hakami rossiyalik Egor Egorov bo'ladi.

Bahs 4 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Moskvadagi "Lukoyl Arena" stadionida start oladi. O'yin FIFA reytingida hisobga olinadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс