Ronalduning rasmi “Old Trafford”dan nega olib tashlandi?

Eldor Akmurzayev
17 noya 2022
Krishtianu Ronalduning oxirgi intervyusi shov-shuvlarga sabab bo'ldi.

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda “Old Trafford” stadioni kirish qismidan portugaliyalikning rasmi olib tashlanayotgani aks etgan lavha tarqaldi. Biroq, ko'pchilik taxmin qilganidek bu Ronaldu bilan xayrlashish belgisi sifatida qilinmadi.

MEN manbasiga ko'ra, Ronaldu, Devid Bekxem va Bobbi Robsonning murali shanba kuni regbi bo'yicha Jahon chempionati finali munosabati bilan olib tashlangan. 19 noyabr kuni “Old Trafford”da Avstraliya va Yangi Zelandiya ayollar jamoalari o'rtasida, keyin esa Avstraliya hamda Samoa erkaklar jamoalari o'rtasida hal qiluvchi uchrashuvlar o'tishi rejalashtirilgan.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Manchester Evening News