Ronalduning onasi "Ayaks" bilan o'yindan so'ng, o'g'li nima deganini aytdi

Eldor Akmurzayev
17 apr 2019, 22:05
Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru Yuventusning YCHLni tark etganidan so'ng, o'g'li unga nima deganini aytdi.

Krishtianu juda xafa edi. U finalga yetib bormoqchi bo'lgandi. Ronaldu menga nima dedi? Oyi, men sehrgar emasman. Chempionatda barchasi yaxshi. Biroq, YCHLda bizga biroz omad yetishmadi. Na chora, hayot davom etadi, – deya  Aveyruning so'zlarini keltiradi Corriere dello Sport.

Eslatib o'tamiz, Yuventus YCHLning javob bahsida Ayaksga mag'lub bo'lib, musobaqa bilan chorak finaldayoq xayrlashdi. Turinliklar A Seriyada chempion bo'lishga yaqin turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport