Ronaldu Turinga qaytarib yuborilishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 okt 2020
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiyaga qaytib, karantinni ushbu davlatda o'tkazishi mumkin.

"A Bola" xabariga ko'ra, Ronaldu yaqin bir-ikki kunni terma qarorgohida o'tkazadi. Shundan keyin u Sog'liqni saqlash xodimlari bilan birgalikda Turinga qaytarib yuboriladi.

Jurnalist Tankredi Palmerining yozishicha, bunga asosiy sabab sifatida Italiyada karantina 10 kun, Portugaliyada esa 14 kun davom etishi ko'rsatilgan. Shu orqali Ronaldu 10 kunlik karantindan keyin koronavirusga test topshiradi va "Barselona" bilan YCHLdagi o'yinda qatnashishi extimoli oshadi.

"Yuventus"ning "Barselona"ga qarshi o'yini 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola