Ronaldu Jahon chempionitida g'alaba qozonishni orzu qilmasligini aytdi

Administrator
4 noya 2025, 23:42
Pirs Morgan bilan intervyuda Ronaldu tarixdagi eng zo'r o'yinchilardan biri ekanini 6-7 ta o'yindagi g'alaba belgilab berishi adolatdan emasligiga shama qildi.

"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun jahon chempionligini yutishni orzu qilmayotganini tushuntirdi.

- Agar mendan "Krishtianu, jahon chempionatini yutish orzungizmi?" deb so'rasangiz. Yo'q, bu orzu emas.

- Bu seni futbolchi sifatida belgilab qo'ymasligi kerak.

- Yo'q. Nimani belgilashi kerak? Tarixdagi eng zo'rlardan biri ekanligimni belgilashimi? Buni bitta musobaqada g'alaba qozonish, 6-7 ta o'yinda yutish orqali belgilash kerakmi? Sizningcha, bu adolatlimi? - dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatda.


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/piersmorgan