Ronaldinoning o'g'li Chempionship jamoasida o'ynaydi

Mirjalol Normatov
11 sen 2025
Ronaldinoning o'g'li Joao Mendes "Xall Siti" jamoasida o'ynaydi.

Ayni damda Chempionship turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turgan klub va braziliyalik futbolchi o'rtasida bir mavsumlik shartnoma imzolandi. 20 yoshli futbolchi asosan jamoaning U21 tarkibida shug'ullanadi.

Bunga qadar Mendes "Bernli", "Barselona" va "Kruzeyro" kabi jamoalarning yoshlar tarkibida faoliyat olib bordi. Uning so'nggi jamoasi "Bernli" bo'lgan va u bu jamoani iyul oyida tark etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: wearehullcity.co.uk