Romario: "Blatterni qo'lga olishlarini so'rab har kuni duo qilaman"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2015, 14:47
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Romario FIFA prezidenti Yozef Blatterni tanqid qildi.

"Blatterni qo'lga olishlarini so'rab har kuni duo qilaman. FIFA - korrupsiyalashgan tashkilot va unda ishlaydigan mansabdorlarda vijdon yo'q. Ularning bazilarini hibsga olishdi, ammo kelajakda qolganlari ham qo'lga olinadi. Qo'lga olinganlar orasida Blatter bo'ladi deb umid qilaman" - deydi Romario.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com