"Roma" xo'jayini klubga yangi stadion qurdirmoqchi

Prezident italyanskoy "Romy" Djeyms Pallotta Italiyaning "Roma" klubi prezidenti Jeyms Pallotta jamoasiga yangi o'yingoh qurdirib bermoqchi ekani haqida gapirib berdi.

Ayni vaqtda "Roma" hamda "Lacio" klublarining har ikkisi "Stadio Olimpiko" o'yingohida o'z uchrashuvlarini o'tkazishadi.

"So'nggi bir yarim yil davomida biz yangi stadion qurilishi masalasini ko'rib chiqdik. Rimdagi 80 ming muxlis sig'adigan "Stadio Olimpiko" futbol uchrashuvlarini o'tkazish uchun eng yaxshi joy emas. Axir u 60-yillarda bunyod etilgan". 

"U yerda hali ham yugurish yo'lakchalari bor. Shuning uchun ham biz yangi, 60 ming muxlisni o'z bag'riga sig'jira oladigan stadion barpo qilish niyatidamiz va bu ish uchun 3 yil vaqt sarflasak kerak. Batafsilroq ma'lumotni keyinroq beramiz. Loyihaga qancha pul kyetishi haqida esa gapirmoqchi emasman", deya Palotta so'zlaridan Football Italia iqtibos keltirmoqda.  


Manba: football.kulichki.net